DATA365
Keyslarga qaytish

QR kod bilan davomat va avtomatik oylik hisob

HR Tekstil Korxonasi 22 Mart, 2026

2 ta magazinga ega tekstil korxonasi uchun QR kod asosidagi davomat tizimi yaratdik. Xodim skaner qiladi — dastur keldi-ketdi vaqtini qayd etadi, oyligini avtomatik hisoblaydi. 15 ish kunida bitdi.

Muammo

Ikkita magazinga ega tekstil korxonasida sotuvchilarning davomati va oyligi qo'lda hisoblanardi.

Muammolar:

  • Xodim keldi-ketdisi qog'ozda yozilardi — xato va aldash ehtimoli bor
  • Har oy qo'lda hisob-kitob kerak — qaysi kuni keldi, qaysi kuni kelmadi, kech kelgan kunlar
  • Oylik ish kunlari soni har oyda farq qiladi (23, 24, 25, 26) — buni qo'lda hisobga olish kerak
  • Rahbar har bir xodim uchun alohida hisoblash kerak edi

Yechim

QR kod asosidagi davomat va oylik hisob tizimi:

  • Rotatsion QR kod — har bir skaner qilingandan keyin QR kod yangilanadi. Xodim aldab boshqa xodim nomidan skaner qila olmaydi.
  • Avtomatik vaqt qayd etish — skaner qilsa, dastur qachon keldi va qachon ketganini o'zi biladi. Keldi/Ketdi tugmasini bosishga hojat yo'q.
  • Oylik ish kunlari — dastur o'zi joriy oyning ish kunlari sonini aniqlaydi (23, 24, 25...) va oylikni shunga bo'ladi.
  • Kech kelish ayirmasi — xodim kech kelsa, o'sha kunga bo'lingan summa avtomatik ayirib chiqariladi.
  • Xodim statistikasi — istalgan oyni tanlasa bo'ladi: necha soat ishlagan, necha pul topgan, joriy to'langan summa.
  • Rahbar paneli — barcha xodimlar bo'yicha oylik hisobot. Oylik berish uchun alohida hisoblash shart emas.

Jarayon

  1. Tahlil (2 kun) — 2 ta magazin, sotuv xodimlari bilan uchrashuv. Joriy qog'oz jarayon xaritalash.

  2. Loyihalash (2 kun) — rotatsion QR algoritmi, davomat modeli, oylik hisob formulasi.

  3. Ishlab chiqish (9 kun) — xodim va admin interfeyslari, QR skaner moduli, statistika.

  4. Sinov va joriy etish (2 kun) — real QR kodlar bilan sinov, xodimlarni o'qitish.

Jami: 15 ish kuni.

Natija

✅ Aldash imkoni yo'q — QR kod har safar yangilanadi, boshqa xodim skaner qila olmaydi.

✅ Oylik avtomatik hisoblanadi — rahbar bitta tugmani bosib, har bir xodimning oyligini ko'radi.

✅ Kech kelish avtomatik ayiriladi — qo'lda hisoblashga hojat yo'q.

✅ 2 ta magazin bitta tizimda — har bir do'kon uchun alohida QR, bitta admin panel.

✅ Boshqa tizimlarga ulanadi — bu modul mavjud CRM yoki ERP tizimga qo'shimcha sifatida ulansa bo'ladi.

Endi oylik hisoblash uchun soatlab o'tirmaymiz. Dastur o'zi hisoblab beradi, biz faqat ko'ramiz.

Tekstil korxonasi rahbari

HR & Moliya

#Avtomatlashtirish#QR#Davomat#Oylik
HRTekstilNoCode

Savdoyingizni 5x–10x o'stiring

Korxonani raqamlashtirish orqali savdoyingizni karrasiga o'stirishga yordam beramiz

Batafsil