👉 Biz bilan muloqot uchun messenjerlarda doimo aloqadamiz!
Telefon bilan QR ni skanlang
Sent-Vinsent orolida kurort quruvchi amerikalik mijoz uchun qurilish buyurtma boshqaruv tizimi yaratdik. 3 kunda bitdi. Boshqa kompaniya 3-4 oyda bitirishi mumkin edi.
Karib dengizidagi Sent-Vinsent orolida amerikalik mijoz kurort qurmoqda. Bu orolda qurilish materiallari sotiladigan do'konlar yo'q — boshqa oroldan buyurtma qilib keltirishadi. Muammo — bu murakkab ko'p bosqichli jarayon Google Sheets da yuritilardi: - Qurilishchilar telefonda material so'rashadi - Menejer Sheets ni telefonda ochib, yaqinlashtiradi, uzoqlashtirib, tartibga solishga urinadi — juda noqulay - Ta'minotchilar WhatsApp orqali narx so'raladi - Buyurtma qilinadi, kema bilan yuboriladi - Boshqa orolga yetib kelganda qabul qilinadi - Bu jarayonda yo'qolishlar, xatolar, aniqsizliklar ko'p
Ko'p rolli qurilish buyurtma boshqaruv tizimi: - **Xodim roli** — material kerakligini bildiradi, mahsulotni qidiradi, sonini kiritadi, ta'minotchilar narxlarini ko'radi, izoh qo'shadi. - **Rahbar roli** — buyurtmani tasdiqlaydi yoki rad etadi. Barcha buyurtmalar holati (kutilmoqda, tasdiqlangan, jarayonda, buyurtma qilindi, kemaga tashildi, qabul qilindi) ko'rinadi. - **Menejer roli (boshqa orol)** — tasdiqlangan buyurtmalarni WhatsApp uchun ro'yxat shaklida nusxa oladi, ta'minotchilarga yuboradi, narxlarni kiritadi, kemaga chiqaradi. - **Qabul qiluvchi roli** — material kelganda rasmga oladi, qabul qiladi. Brak yoki yo'qolgan mahsulotni qayd etadi. - **To'liq tarix** — har bir buyurtmaning kim, qachon, qaysi statusdan qaysi statusga o'tkazganini ko'rsa bo'ladi.
1. Tahlil (yarim kun) — video-qo'ng'iroq orqali jarayonni tushunish. 2. Loyihalash (yarim kun) — 4 ta rol, status oqimi, ma'lumotlar modeli. 3. Ishlab chiqish (2 kun) — barcha rollar uchun alohida ekranlar, status boshqaruvi, rasm yuklash, nusxa funksiyasi, tarix. 4. Test va topshirish (yarim kun). Jami: 3 ish kuni. Boshqa kompaniya 3-4 oyda bitirishi mumkin edi.
✅ 3 kunda tayyor — boshqa IT kompaniyalar 3-4 oy olgan bo'lardi. ✅ Google Sheets dan xalos — mobil-do'stona interfeys, 2-3 klik bilan jarayon bitadi. ✅ Ko'p orollik jarayon to'liq raqamlashtirildi — buyurtma → tasdiq → sotib olish → kema → qabul. ✅ Yo'qolish va xatolar kamaydi — rasm tasdiqi va to'liq tarix sababli javobgarlik aniq. ✅ WhatsApp integratsiyasi — ta'minotchi narx so'rovi uchun ro'yxat bir tugmada nusxa olinadi.
“We were struggling with Google Sheets on a construction site. DATA365 built exactly what we needed in just 3 days. Incredible speed.”
St. Vincent Resort
Project Manager
Mijoz
St. Vincent Resort
Qurilish / Construction
Loyiha
Texnologiyalar
Natijalar
Baholash