👉 Biz bilan muloqot uchun messenjerlarda doimo aloqadamiz!
Telefon bilan QR ni skanlang
IMAN ning nasiya xizmatini 300+ hamkor do'konga reklama qilish jarayonini avtomatlashtirib berdik. Xodim filialga boradi, materiallarni tanlaydi, tizim narx hisoblaydi, PDF chiqaradi, moliya bo'limi tasdiqlaydi.
IMAN ning nasiya xizmati ko'pchilikka tanish emas. Uni targ'ib qilish uchun 300 ga yaqin hamkor do'kon bilan shartnoma bor. Ular orqali reklama materiallari (banner, broshyura, nakleyka, pauchok) tarqatilmoqchi. Muammo — bu jarayonni boshqarish juda murakkab: - Oyda bir marta 300 do'kondan 20-30 tasini tanlash kerak - Har bir do'konga borib, qaysi materialdan qancha qo'yish kerakligini aniqlash kerak - Har bir materialning narxi bor, jami byudjet hisoblanishi kerak - Bu ma'lumot moliya bo'limiga borib, tasdiqlanishi kerak - Keyin poligrafiyaga buyurtma beriladi Bu jarayon ma'lumotlar har xil joyda sochilib yotishi sababli sekin va xatoli edi.
IMAN uchun reklama materiallari boshqaruv tizimi yaratildi: - **Do'kon va filiallar katalogi** — 300+ hamkor, har biri uchun manzil, kontakt, filiallar ro'yxati. - **Material tanlash (savat)** — xodim filialga borganda, internet-magazin kabi materiallarni tanlaydi. Har biriga miqdor kiritadi, tizim narxini avtomatik hisoblaydi. - **Zona bo'yicha taqsimlash** — materiallar exteryer, interyer, mahsulot yoni, va boshqa zonalarga bo'lingan. Har zonaga mos materiallar. - **Moliyaviy tasdiqlash oqimi** — barcha filiallar yig'ilgach, jami PDF shakllanadi. Moliya bo'limi ko'radi, byudjetga moslashtiradi, tasdiqlaydi. - **Poligrafiyaga uzatish** — tasdiqlangan ro'yxat poligrafiyaga tayyor formatda chiqadi.
1. Tahlil (1 kun) — IMAN marketing va moliya jamoalari bilan uchrashuv. Joriy jarayonni xaritalash. 2. Loyihalash (1 kun) — ma'lumotlar modeli (brendlar, filiallar, materiallar, zonalar, buyurtmalar). 3. Ishlab chiqish (3 kun) — material tanlash interfeysi, narx hisoblash, PDF generatsiya, moliya tasdiqlash oqimi, admin panel. 4. Test va topshirish (yarim kun). Jami: 5 kun.
✅ Butun jarayon bitta tizimda — do'konga borishdan poligrafiyaga buyurtmaga qadar. ✅ Moliya byudjetni aniq ko'radi — har bir filial va umumiy summa PDF da. ✅ Materiallar zonalarga bo'lingan — xodim nimani qayerga qo'yishni aniq biladi. ✅ Keyingi versiyada AI — filial hajmi va savdosiga qarab tizim o'zi qaysi materiallarni qo'yish kerakligini maslahat beradi.
“Ilgari bu jarayon Excel va WhatsApp orqali chuvashib ketardi. Endi hammasi bitta tizimda, moliya ham xursand.”
IMAN Marketing jamoasi
Marketing Manager
Mijoz
IMAN
Marketing / Fintech
Loyiha
Texnologiyalar
Natijalar
Baholash