DATA365
Keyslarga qaytish

Klining korxonasi uchun CRM — kunlik 2-3 soat tejaldi

CRM Klining Korxonasi 22 Mart, 2026

Klining korxonasi uchun maxsus CRM tizimi yaratdik. Har bir buyurtma bo'yicha xarajat hisobi, xodim ulushi, Telegram hisobotlar — barchasi avtomatik. Admin kechqurun soat 10-11 gacha qolishdan xalos bo'ldi.

Muammo

Korxona rahbari har kuni soat 10-11 gacha ishda qolar edi. Sababi — kuniga 3 ta buyurtma bo'lsa, har biri uchun alohida hisob-kitob qilish kerak:

  • Yoqilg'i xarajati qancha?
  • Xodimga avans necha pul berildi?
  • Tozalash vositalari uchun necha pul ketdi?
  • Xodimning ulushi qancha?

Oy davomida 75 ta buyurtma × har biri uchun 2-3 soat = rahbarning deyarli butun ish vaqti hisobot va hisob-kitobga ketib ketardi. Hafta oxirida esa tepadan rahbarlarga hisobot tayyorlash kerak edi.

Yechim

Klining korxonasi uchun maxsus CRM dastur qurildi:

  • Mijozlar moduli — ismi, telefon, Telegram, manzil. Bir tugma bilan qo'ng'iroq, SMS yoki Telegram orqali muloqot.
  • Buyurtma moduli — Yandex Navigator integratsiya (Toshkentda probkani hisobga oladi). Xizmat turi, maydoni, narxi — dastur o'zi ish haqini hisoblab chiqaradi.
  • Telegram bildirishnomalar — yangi buyurtma tushganda brigadir guruhiga avtomatik xabar ketadi: mijoz ismi, manzil, xizmat turi.
  • Xodim ulushi — foiz asosida har bir xodimning ulushi avtomatik hisoblanadi, avans va balans ko'rinadi.
  • Hisobotlar — buyurtma yopilganda sof foyda, xarajatlar, xodim ulushi rahbarga Telegramda ketadi. Haftalik va oylik statistika.

Jarayon

  1. Tahlil (3 kun) — rahbar va brigadirlar bilan uchrashuv. Joriy qog'oz jarayonlar xaritalash.

  2. Loyihalash (1 hafta) — mijoz, buyurtma, xodim modullari dizayni. Telegram bot arxitekturasi.

  3. Ishlab chiqish (3 hafta) — barcha modullar, Yandex Navigator integratsiya, Telegram bot.

  4. Sinov va joriy etish (3 kun) — real buyurtmalar bilan test. Xodimlarni o'qitish.

Jami: 25 ish kuni.

Natija

✅ Admin kunlik 2-3 soat tejaydi — hisob-kitob endi avtomatik, qo'lda sanash yo'q.

✅ Kechqurun soat 10-11 da uyda — endi ish vaqtida barcha hisoblar yig'iladi.

✅ Brigadirlar buyurtmani Telegramdan ko'radi — telefon qilishga hojat yo'q.

✅ Rahbarlar Telegram guruhida real vaqtda hisobot oladi — hafta oxirida alohida yig'ish kerak emas.

✅ Har bir xodimning oyligi to'g'ri hisoblanadi — avans va ulush avtomatik.

“Ilgari kechgacha qolib, hisob-kitob qilardim. Endi dastur o'zi hammani hisoblab beradi, men faqat natijani ko'raman.”

Klining korxonasi rahbari

Biznes egasi

#Avtomatlashtirish#Tizimlashtirish#CRM#Telegram
CRMXizmat ko'rsatishNoCode

Savdoyingizni 5x–10x o'stiring

Korxonani raqamlashtirish orqali savdoyingizni karrasiga o'stirishga yordam beramiz

Batafsil