👉 Biz bilan muloqot uchun messenjerlarda doimo aloqadamiz!
Telefon bilan QR ni skanlang
18.9 litrlik suv yetkazib beruvchi kompaniya uchun maxsus ERP tizimi qurib berdik. Natija: yillik 108 mln so'm tejaldi, ish vaqtining 51% bo'shatildi, va tadbirkorni kuniga 50+ qo'ng'iroqdan xalos qildik.
Tadbirkor biznesni deyarli to'liq qog'ozda yuritardi. Bu 3 asosiy muammoni keltirib chiqardi: 1. **Kuniga 280 daqiqa isrof** — har kuni ertalab har bir yetkazib beruvchiga buyurtma shabloni to'ldirishga 40 daqiqa, kechqurun daftarga ko'chirishga 60 daqiqa, buxgalter 1C'ga kiritishga 3 soat. Ish kunining 52% faqat ma'lumot ko'chirishga ketadi. Yiliga — 204 ish kuni. 2. **Yiliga 108 mln so'm yo'qoladi** — mijoz uyida baqlajkalar qancha borligi aniq emas. Har safar yetkazib beruvchi turli miqdorda baqlajka olib ketadi, orasidagi farq havoda yo'qoladi. Oyiga kamida 300 ta bo'sh baqlajka (narxi 30 000 so'm) yo'qoladi = 9 mln/oy = 108 mln so'm/yil. 3. **Kuniga 50+ qo'ng'iroq** — yetkazib beruvchilar Toshkent ko'chalarini yaxshi bilmaydi, tadbirkordan yo'l so'rab tinmay qo'ng'iroq qilishadi. Samarali ish vaqti parchalanadi.
Vitana uchun maxsus ERP tizimi qurildi. Tizim quyidagi modullarni qamrab oladi: - **Buyurtma moduli** — bir marta kiritilgan buyurtma avtomatik barcha bo'limlarga tarqaladi. Ma'lumotni qayta ko'chirishga hojat yo'q. - **Mijoz profili** — har bir mijozning uyida qancha baqlajka borligini real vaqtda kuzatadi. Keyingi safar yetkazib beruvchi aniq nechta olib ketishi kerakligini biladi — yo'qotish nolga tushadi. - **Yetkazib beruvchi paneli** — buyurtmalar ro'yxati telefonda ko'rinadi. Har bir buyurtma ichida "Navigatsiya" tugmasi — bir bosish bilan Yandex Navigator'ga o'tib, manzilga yo'naltiradi. - **Kunlik moliya hisoboti** — naqd/karta tushum, harajat, foyda — tizim o'zi hisoblab, kun oxirida tayyor ko'rsatadi.
1. Tahlil (1 hafta) — tadbirkor va xodimlar bilan uchrashuv. Mavjud qog'oz jarayonlar xaritalash. Asosiy og'riq nuqtalar: baqlajka hisobi, buyurtma tarqatish, navigatsiya. 2. Loyihalash (1 hafta) — ma'lumotlar modeli, foydalanuvchi oqimlari, mobil interfeys maketi (yetkazib beruvchi panel) va veb panel (admin). 3. Ishlab chiqish (3 hafta) — buyurtma, mijoz, yetkazib beruvchi modullari. Yandex Navigator deep link integratsiyasi. Kunlik tushum/harajat hisobot moduli. 4. Sinov va joriy etish (1 hafta) — haqiqiy ma'lumotlar bilan test. Xodimlarni o'qitish.
Dastur joriy etilganidan keyin: ✅ 51% operatsion vaqt tejaldi — tadbirkor va xodimlar kun davomida 280 daqiqa o'rniga 130 daqiqa sarflaydi. Qolgan vaqt biznes rivojiga yo'naltirildi. ✅ 108 mln so'm yillik xarajatdan qutuldi — baqlajka yo'qolishi nolga tushdi. Tizim har bir mijozning baqlajka sonini real vaqtda kuzatadi. ✅ Qo'ng'iroqlar tugadi — yetkazib beruvchilar Yandex Navigator orqali mustaqil yo'l topadi. Tadbirkorning miyasi 50+ qo'ng'iroqdan xalos bo'ldi. ✅ Tadbirkor erta uyiga qaytmoqda — avval kechqurun soat 8-9 gacha ishlashardi. Endi biznes rivojiga va oilaga vaqt bor.
“Dastur biz uchun nafaqat vaqt va pul tejadi — u biznes rahbariga o'z biznesini real boshqarish imkonini berdi.”
Vitana Rahbari
Biznes egasi
Mijoz
Vitana
Yetkazib berish / Logistics
Loyiha
Texnologiyalar
Natijalar
Baholash