Korxonamiz haqida
data365 — bu biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirishga ixtisoslashgan zamonaviy texnologik kompaniya bo'lib, 2021-yil may oyida Toshkentda tashkil etilgan.
Bizning asosiy maqsadimiz — tadbirkorlarni ortiqcha operatsion yukdan ozod qilib, ularga eng muhim narsaga — biznesni rivojlantirishga e'tibor qaratish imkonini berish.
Missiya
Biz tadbirkorlarga no-code texnologiyalar orqali ish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali yordam beramiz, shunda ular vaqt va resurslarini yuqori qiymatli vazifalarga yo'naltira oladi.
Vision
data365 kelajakda butun musulmon dunyosida ishonchli no-code avtomatlashtirish kompaniyasiga aylanishni, kichik va o'rta bizneslar uchun asosiy hamkor bo'lishni maqsad qilgan.
Ko'plab biznes egalari:
- ✕vaqtni qo'lda bajariladigan ishlar bilan yo'qotadi
- ✕jarayonlar tartibsiz bo'ladi
- ✕xodimlar samaradorligi past bo'ladi
data365 bularni avtomatlashtiradi va:
- ✓vaqtni tejaydi
- ✓xarajatlarni kamaytiradi
- ✓biznesni tezroq o'sishiga yordam beradi
Xizmatlarimiz
Biz quyidagi yo'nalishlarda ishlaymiz:
SaaS tizimlar joriy qilish
MoySklad, Bitrix24, AmoCRM kabi tizimlarni sozlash va integratsiya qilish
No-code / Low-code ilovalar
AppSheet, Glide, FlutterFlow orqali tezkor biznes ilovalar yaratish
Veb-saytlar
Webflow, Framer, Tilda orqali zamonaviy va dizaynga boy saytlar
E-commerce yechimlar
Shopify asosida samarali va arzon online do'konlar
Telegram botlar
Biznes jarayonlarini soddalashtiruvchi mini avtomatlashtirilgan yechimlar
Qadriyatlarimiz
Natija birinchi o'rinda – mijoz uchun real foyda
Soddalik – murakkabni oddiy qilish
Sifat – kuchli UX va ishonchli backend
Xizmatlarimiz kimlar uchun?
Biznesida muammolarni sezayotgan tadbirkorlar
O'sishni xohlayotgan kompaniyalar
Jarayonlarini tizimlashtirmoqchi bo'lgan rahbarlar
150+
kompaniya bizga ishonch bildirgan va o'z biznesini yangi bosqichga olib chiqqan
Sizning biznesingiz uchun nima qila olamiz?
Bepul konsultatsiya oling va biz siz uchun eng mos yechimni taklif qilamiz.
Bog'lanish